Avvalroq, O`zEOAVMA tomonidan “Vaksina – salomatlik va cheklovlarsiz hayot” mavzusidagi Ochiq muloqot o`z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik.
Ochiq muloqot davomida Respublika Sanitariya epidemiologii osoyishtalik markazi va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Otabekov kimlarga vaksina olish tafsiya etilmagani haqida gapirdi.
"Xozirda 5 mln doza zaxira vaksinaga egamiz. Vaksina bizni kasallikning og`ir asoratlari hamda o`limdan saqlaydigan yo`l. COVID-19 ga chalingan insonlar 14 kundan keyin emlanish mumkin. JSST ning taFsiyasiga binoan, hozirda homilador, emizikli ayollar, OITS , chuqur allergik kasalliklari mavjud, 18 yoshgacha bo`lgan aholi, chuqur autoimmun kasallikka chalingan hamda kasallikning o`tkir davrini boshdan kechirayotgan bemorlarga vaksina olish tafsiya etilmagan".–dedi Nurmat Otabekov.






