Poytaxtimizdagi Olmazor metro bekati yaqinidagi “Toshkent” avtovokzali faoliyatini vaqtincha to`xtatdi.
Bu haqda O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bo`limi boshlig`i Tohir Jamolxo`jaev ma`lumot berdi.
– Ayni damda “Toshkent” avtovokzali vaqtincha faoliyatini to`xtatgan. Bunga sabab avtovokzal binosining ta`mirtalab bo`lib qolganidir. Ichki hujjatlarga binoan avtovokzal faoliyatida 5 oy tanaffus bo`ladi. Yo`lovchilarning qulayligi uchun esa avtostansiyaning manzili vaqtincha Abu Saxiy bozori yoniga ko`chirildi. Yo`lovchilar uchun tariflar amaldagiday saqlanib qoldi.