AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda NAH virusini yuqtirganlar ko`payib bormoqda…

'Ijtimoiy tarmoqlarda NAH virusini yuqtirganlar ko`payib bormoqda…'ning rasmi

Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi negativ fikrlaydigan shaxslarga nisbatan fikr bildirdi.

Nafrat, adovat va hasad kombinasiyasidagi virus inson qalbi va yuzini qoraytirib, shaxsni o`ziga ishonchini zaiflashtirib, hatto o`z nomini ham unuttirib yuboradi, deyilmoqda.

Xastalanganlarni ijtimoiy tarmoqlardagi izohlaridan bilib olish mumkin: nafrat, adovat va haqorat baqirib turadi.

Bu virusni fikrlar emas, nomlar jazavaga keltirishi aytilmoqda.

Vaksina topilguncha, xastalikni avj oldirmaslik uchun ularni o`qimaslik, ular bilan muloqotni to`xtatish va yakkalab turish tavsiya qilinmoqda.  

Hali virusni yuqtirmagan negativchilarga…

Hech kim mukammal emas, xato so`z, xato fikr, xato xulosa… hech kim xatodan kafolatlanmagan. Fikrni xato yoki to`g`ri ekanligini tahlillar, muqobil fikr, to`g`ri tanqid va munosabatlarda aniqlash mumkin. Aql egalari muhokamada tortishadilar, xatolarini tan oladilar va xulosa qiladilar.

Shaxsan men, bunday muloqot uchun doimo minnatdorman.  

Baraka topgur negativchilar, o`zingizni asrang. Muhokamaga idrok va sabringiz etmaydimi, o`zingizni bunchalar erga urmang.

Eng yaxshisi, yoqmagan nom sahifasini o`qimang, izoh yozmang, sahifadan chiqib keting, tamom, kasallanish ehtimolingiz keskin kamayadi.  

P/s: Nomimni o`zgartirib, sms yoki messenjerda tahdid qilsam, hech kim meni topolmaydi, deb o`ylaydigan, xastalikning murakkab darajasiga etib kelganlar ham yo`q emas.

Bu darajaga etib kelganlarni 50 million so`mgacha “renimasion resept” yoki 3 oygacha majburiy yakkalash orqali davolash ko`zda tutilgan.

Xastalanganlar ham vatandoshlarimiz. Ularga tuzalish uchun yordam beraylik.

    Boshqa yangiliklar