Zangiota tumanida joylashgan «Tashkent Pharma Park» innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterida Farmasevtika texnik universiteti tashkil etiladi. Bu haqdagi qaror loyihasi muhokamaga qo`yildi.
Oliygohda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, farmasevtika, biotexnologiya, tibbiyot, kosmetologiya, menejment, biznes boshqarish va boshqa tarmoqlarda xalqaro ta`lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash ko`zda tutilgan.
Universitetga qabul 2022-2023 o`quv yilida boshlanadi.






