AsosiyDunyo

Makron telefoni va raqamini o`zgartirdi. Uning shaxsiy suhbatlari Marokash tomonidan bir necha yillar davomida kuzatilgani aytilmoqda

'Makron telefoni va raqamini o`zgartirdi. Uning shaxsiy suhbatlari Marokash tomonidan bir necha yillar davomida kuzatilgani aytilmoqda'ning rasmi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning telefoni Marokash tomonidan kuzatilgan bo`lishi mumkin. Bu haqda Bloomberg ma`lum qildi.

Tergovdan keyingi ma`lumotga ko`ra, Marokash kuzatuv agentligi 2019 yilda Prezidentning shaxsiy suhbatlariga kirishga uringan.

Shuningdek, boshqa davlat rahbarlari va hukumat a`zolari, shu jumladan 15 ga yaqin Fransiya amaldagi vazirlari yoki sobiq vazirlar ham kuzatilgan. Marokash hukumati esa bu javobgarlikni rad etdi, deb xabar berdi France Info.

Pegasus josuslik dasturidan butun dunyo bo`ylab jurnalistlar, faollar va biznes rahbarlariga tegishli 37 ta aqlli telefonlarning xakerlik hujumlarida muvaffaqiyatli foydalanilgan.

Pegasus — bu zararli dastur bo`lib, u iOS yoki Android qurilmalariga kirib boradi va foydalanuvchiga bildirmasdan xabarlar, fotosuratlar, joylashuv ma`lumotlariga kirish, kamera va mikrofonni faollashtirishga imkon beradi.

Dastur jinoyatchilar va terrorchilarni ta`qib qilish uchun mo`ljallangan va faqat davlat hokimiyati organlari uchun xizmat qiladi. Biroq bir necha kun oldin jurnalistlar Pegasus’dan siyosatchi va jurnalistlarni ommaviy kuzatish uchun foydalanilganini aniqladi.

OSN xabariga ko`ra Fransiya Prezidenti bu holat ochiqlangandan keyin shaxsiy telefoni va  raqamini o`zgartirgan.

Risolat MAXSIMOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar