AsosiyJamiyat

“O`zbeknavo”ning sobiq rahbari og`ir xastalikdan vafot etdi

'“O`zbeknavo”ning sobiq rahbari og`ir xastalikdan vafot etdi'ning rasmi

2014 yildan bugunga qadar O`zbekiston Madaniyat vazirligining Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan siyosiy fanlar nomzodi, professor, “Shuhrat” medali sohibi Azamat Haydarov og`ir xastalik sabab bu yorug` olamni tark etdi.  Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xabar berdi. 

Azamat Haydarov 1957 yil 20 may kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug`ilgan. 1980 yil Toshkent davlat Madaniyat instituti, 1996 yil O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Bir necha yillar mas`uliyatli vazifalarda, xususan, Madaniyat ishlari vazirligining Akademik va xalq badiiy jamoalar boshqarmasi boshlig`i, O`zbekiston davlat konservatoriyasining “Malaka oshirish” fakulteti dekani, “Siyosiy  fanlar” kafedrasi mudiri, Madaniyat va sport ishlari vazirining o`rinbosari,  “O`zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori,  Madaniyat va sport ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-ma`rifiy  ishlar respublika ilmiy-metodika markazi direktori kabi lavozimlarda jonkuyarlik bilan mehnat qilib, soha rivojiga katta hissa qo`shgan fidoyi mutaxassis edi.

Madaniyat vazirligi marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar