AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda 42 daraja issiq bo`ladi

'Bugun O`zbekistonda 42 daraja issiq bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 37-42° atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 38-40° gacha isiydi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 26-31° bo`ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga 23 iyul kuni respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.

    Boshqa yangiliklar