Joriy yilning 26 iyun kuni internet nashrlaridan birida “YHX xodimi hukumat qaroriga zid ravishda elektron sug`urta polisini inobatga olmadi va ma`muriy bayonnoma tuzdi” sarlavhasi ostidagi xabar berilgan.
Mazkur xabar o`rganilib, IIV YHXBB mas`ul xodimi tomonidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvi yakuniga ko`ra, xizmati davomida xato va kamchiliklarga yo`l qo`ygan Toshkent shahar IIBB YHXBning bir necha xodimlariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo`llanilishi belgilandi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, fuqaro J.Ruzibaevga nisbatan 2021 yil 23 iyun kuni Toshkent shahar, Olmazor tumani IIB YHXB inspektori I.Ahmedov tomonidan ma`muriy jazo qo`llash to`g`risidagi chiqarilgan qaror O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 271-moddasiga asosan bekor qilinishi belgilandi.






