Bugun, 23 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kampaniyasiga start beriladi. Shu kunning o`zida MSK matbuot markazining rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`ulm qilinishicha, Xalqaro press-klub ham ushbu jarayonni yoritib boradi.
Efirni siz to`g`ridan-to`g`ri bugun, soat 11:00 da "O`zbekiston 24, "UzReport", "Mening yurtim", "Sevimli", "Zo'r TV" da o`zbek tilida, "Toshkent" "Oilaviy" telekanallarida rus tilida, "Dunyo bo'ylab" da ingliz tilida tomosha qilish mumkin.