Prezident “Vazirliklar, davlat qo`mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo`jalik birlashmalari rahbarlari o`rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to`g`risida”gi qarorni imzoladi.
Belgilanishicha, vazirliklar, davlat qo`mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo`jalik birlashmalari rahbarlari o`rinbosarlari o`ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan O`zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgardir hamda Vazirlar Mahkamasi oldida hisobdordir.O`rinbosarlar faoliyat ko`rsatkichlari:
▫️70 %dan kam ta`minlanganda – “qoniqarsiz”
▫️71 %dan 90 %gacha – “qoniqarli”
▫️91 %dan 99 %gacha – “yaxshi”
▫️100 % va undan yuqori bo`lganda “a`lo” deb baholanadi.






