AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Botir Qurbonov ishtirokida o`tkazilgan brifingda O`zbekistonda SOVID-19ga qarshi kurash doirasida qilinayotgan ishlar, emlash jarayonidagi muhim vazifalar to`g`risida ma`lumot berildi.
Respublika hududiga koronavirus infeksiyasining chetdan kirib kelishini oldini olish maqsadida joriy yil 20 iyuldan boshlab O`zbekiston chegarasidan avtoyo`l chegara o`tqazish punkti orqali kirib kelayotgan shaxslarni o`z mablag`lari hisobidan chegara o`tqazish punklarida ekspress antigen test usulida tahlil topshirishlari va manfiy natija qayd etilgan holdagina Respublika hududiga kiritilishiga ruxsat beriladi.
Shu bilan birga, avtoyo`l chegaralarida ekspress antigen test tahlilida musbat natija qayd etiladigan bo`lsa chet el fuqarolari yoki O`zbekiston Respublikasida doimiy yashash fuqaroligi bo`lmagan shaxslar Respublika hududiga kiritilmaydi. Bunda O`zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan va O`zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari hamda O`zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo`lmagan shaxslar mustasno sanaladi.
O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va yashashga ruxsat berilgan fuqarolarda koronavirus infeksiyasi aniqlanganda COVID-19 bo`yicha tashkil etilgan maxsus shifoxonalar yoki kasallik darajasiga ko`ra uy sharoitida davolanishga yo`naltiriladi.
Shuningdek, So`x tumani, Shohimardon, Cho`nqara, Toshtepa aholi punktlarida chegara hududlaridagi avtotransport chegarasi alohida hudud deb yuritilib, O`zbekiston respublikasi tomonidan tranzit tarzda borayotgan O`zbekiston fuqarolaridan koronavirus infeksiyasiga barcha turdagi test tahlillarini topshirish talab etilmaydi.
Mazkur tartib alohida hududlarga kirib-chiqayotgan Qirg`iziston Respublikasi fuqarolariga tadbiq etiladi.
Har kuni ishga qatnayotgan O`zbekiston va Qirg`iziston davlatlari o`rtasida kunlik qatnab, faoliyat amalga oshirayotgan shaxslarga alohida imtiyoz berildi.






