AsosiyJamiyat

Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi

'Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

 Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:  

➖ Strategik rivojlanish agentligi (Agentlik);

➖ Prezident raisligida Agentlik Kengashi;

➖ Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan byudjetdan tashqari Strategik rivojlanish agentligini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri tarmoqlar va hududlar kesimida investisiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o`rganish, investisiya faoliyatining istiqbolli tarmoqlari va yo`nalishlarini aniqlash hisoblanadi.  

 Agentlik Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bosh direktor tomonidan boshqariladi.

Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi.

 Agentlik daromadlari soliqqa solish ob`ekti hisoblanmaydi.

  •  Agentlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo`yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Agentlik bilan kelishilishi lozim.
  •  Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari Agentlikning so`roviga ko`ra tegishli ma`lumotlarni, shu jumladan birlamchi statistik ma`lumotlarni o`rnatilgan tartibda taqdim etadi va ma`lumotlar bazalaridan foydalanishga ruxsat beradi.

Agentlik bosh direktori Akselerator rahbari hisoblanadi.

 Agentlik xodimlariga ilgari ishlagan joyida berilgan, shu jumladan ko`p yillik mehnati, harbiy va maxsus unvonlar (martaba va malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustamalar va qo`shimcha haqlar saqlanib qoladi, harbiy va maxsus unvonlarga ega bo`lmagan oliy yuridik ma`lumotli xodimlar uchun esa o`rnatilgan tartibda adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun belgilangan martaba darajalari berilishi mumkin.

 Farmonga ko`ra shuningdek, investisiyaviy faollikni oshirish sohasidagi eng dolzarb muammolarni tezkor va samarali hal etish maqsadida Agentlik huzurida Strategik tashabbuslar akseleratori (Akselerator) tashkil etildi.  

    Boshqa yangiliklar