Ayni daqiqalarda AOKAda «COVID-19»ga qarshi vaksinalarning aholi salomatligiga ta`siriga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazilmoqda. Bu haqda shu anjumanda ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Karimjon Zaripov. Anjumanda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nurmat Otabekovning ma`lum qilishicha, O`zbekistonda 21 million fuqaroni emlash rejalashtirilgan. Bu haqda shu anjumanda ma`lum qilindi deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Karimjon Zaripov.
«Biz shu kunga qadar 1 million 34 ming kishini to`liq emlab bo`ldik. Vaksina qabul qilgan insonlarning jami soni esa 6 million nafardan oshdi (bu raqam ichida bir, ikki va uch marta vaksina olganlar bor).
O`zbekistonda bugungi kunda 4,1 mingta emlash punktlari faoliyat ko`rsatyapti. Afsuski, biz bir kunda bitta pukntda 19 kishinigina emlayapmiz xolos. Aslida esa imkoniyatimiz kuniga 70 odamni emlashga etadi», — deya ta`kidladi u.