Hukumatning (456-son, 23.07.2021 y.)qarori bilan Oliy Majlis Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Solixovich Safoevga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatildi.
Shu kungacha ushbu universitetda rektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan Komil Karimov esa iyun oyi oxirlarida oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlangan edi.