Turkiya shimoli-sharqidagi Rize va Artvin viloyatlarida jala yog`ishi tufayli suv toshqinlari boshlandi, deb xabar bermoqda Respublika Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib RIA NOVOSTI .
"Bugun o`ta kuchli yomg`irlar natijasida Artvin viloyatining Arhavi tumanida suv toshqini sodir bo`ldi. Arhavi daryosi o`z qirg`oqlariga toshdi, tuman markazi va qishloq yo`llari suv ostida qoldi. Shunga o`xshash vaziyat Rize viloyati Fyndykly tumanida ham sodir bo`ldi " deya qayd etgan vazirlik.
Hozirda hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu u erlarni borib o`rgangan. Unga ko`ra, hozir qurbonlar haqida ma`lumotlar yo`q, ikki kishi jarohatlangan.