AsosiyJamiyat

Prezident raisligidagi aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo`yicha videoselektor yig`ilishi boshlandi

'Prezident raisligidagi aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo`yicha videoselektor yig`ilishi boshlandi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo`yicha videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda. 

Davlatimiz rahbari Xalq qabulxonalari va sayyor qabullar odamlarda muammolarini hal qilish mumkinligiga katta ishonch uyg`otganini ta`kidladi.  

Masalan, 4 yil oldin valyuta ayriboshlash, propiska, pensiya va nafaqalarni naqd pulda olish masalalari bo`yicha har oyda o`rtacha 100 mingta murojaat tushgan. Bu sohalarda qulaylik yaratilib, muammolar hal etilgani tufayli ularga oid murojaatlar butunlay to`xtagan.

Yoki O`zbekiston fuqaroligini olish tartiblarining engillashtirilgani sharofatidan 100 mingga yaqin oila ro`shnolik ko`rgan.

Yig`ilishda aholi murojaatlari bilan ishlash holati vazirlik va hududlar kesimida ko`rib chiqilmoqda.

Boshqa yangiliklar