AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev – viloyat, tuman va shahar hokimliklarida fuqarolarning kunlik qabuli yo`lga qo`yilishi shart

'Shavkat Mirziyoev – viloyat, tuman va shahar hokimliklarida fuqarolarning kunlik qabuli yo`lga qo`yilishi shart'ning rasmi

Avvalroq, Prezident raisligidagi aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo`yicha videoselektor yig`ilishi boshlangani haqida xabar bergan edik. 

Tadbir davomida Shavkat Mirziyoev aholi muammolarini imkon qadar  mahallaning o`zida hal etish kerakligini ta`kidladi. 

"Birinchi galda, odamlarimizni murojaat qilishga eng ko`p majbur qilayotgan tizimli muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni mahallaning o`zida bartaraf etish asosiy vazifa bo`lishi kerak.  

Viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari bir haftada ikki kunni fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini hal qilishga ajratadi.  

Ko`pchilik viloyat hokimlarining qabul kuni har oyning to`rtinchi shanbasi, ya`ni bir oyda bir marta qilib belgilangan. Ertadan boshlab, barcha viloyat, tuman va shahar hokimliklarida fuqarolarning kunlik qabuli yo`lga qo`yilishi shart.  

Shuningdek, aholi to`g`ridan-to`g`ri tunu-kun murojaat qilishi uchun bir hafta muddatda har bir viloyat, tuman va shahar hokimlarining virtual qabulxonalari va ijtimoiy tarmoqlarda alohida sahifalari tashkil etilsin",–dedi Prezident.

Boshqa yangiliklar