Avvalroq, Prezident raisligidagi aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo`yicha videoselektor yig`ilishi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Prezident Shavkat Mirziyoev tadbir davomida tibbiyot sohasidagi order berish tizimi haqida gapirdi.
"Vazirlik va idoralar o`z yo`nalishida eng ko`p kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilib, ularga aniq echimlar topishi shart.
Har bir vazir bir hafta muddatda tizimli muammolarni hal etish bo`yicha chora-tadbirlarni belgilashi shart.
Misol uchun, tibbiyot sohasidagi murojaatlarning qariyb yarmini tashkil etayotgan order tartibini bekor qilib, ochiq va shaffof tizimni yo`lga qo`ysak, kamida 10 mingta shikoyat kamayadi",–dedi davlat rahbari.