Andijon viloyat IIB fuqaro o`z uyida itlarni so`yib, ularning go`shtini mahalliy oshxonalarga sotib kelgani aytilgan videoyozuv bo`yicha izoh berdi.
Qayd etilishicha, 3 iyul kuni Andijon shahar O`zgarish MFYda yashovchi fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatga asosan, T.Keldiev ko`chasi 75-uyda yashovchi fuqaro O.G`.ning yashash xonadoni o`rganilgan.
Xonadonda haqiqatdan ham 12 ta it boqish qoidalarini buzgan holda saqlab kelinayotgani, shuningdek, ushbu xonada it terisi va suyaklari aniqlangan. Shuningdek, tekshiruvda O.G`. oxirgi olti oydan buyon o`zining iste`moli uchun itlarni so`yib, go`shtini iste`mol qilib kelgani, ammo it go`shtini go`sht mahsuloti sifatida biron bir shaxsga sotmagani va topshirmagani aniqlangan.
Unga nisbatan MJTKning 110-moddasi 1-qismi va 111-moddasi 1-qismi asosida ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.






