AsosiyJamiyat

Yunusobodda yana bir yong`in sodir bo`ldi — jabrlanganlar yo`q

'Yunusobodda yana bir yong`in sodir bo`ldi — jabrlanganlar yo`q'ning rasmi

Bugun 23 iyul kuni soat 16:18 da Yunusobod tuman Sandiqqo`rg`on 4-tor ko`chasida joylashgan xonadonlardan birida yong`in kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong`in natijasida ikkita xonadonda umumiy 150 kv.m maydonda uyning tom qismi zararlangan. 

Yong`in-qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 16:21 da etib borgan va ko`rilgan tezkor choralar natijasida yong`in 16-59 da bartaraf etilgan. Yong`in natijasida jabrlanganlar yo`q, hozirda yong`inning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar