Bugun, 23 iyul kuni soat 18:45da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmazor tumani Chuqursoy ko`chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shunga ko`ra, boshqarma yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 18:56 da voqea joyiga etib borib, soat 19:17da yong`in o`rab olingan va soat 20:12 da batamom o`chirilgan.
Yong`inni o`chirishga 8 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o`tamiz, bugun Toshkentdagi xonadaonlardan birida ham yong`in sodir bo`lgan edi.






