AsosiyJamiyat

"19 ta qonun loyihalari yuzasidan takliflar" – Yoshlar parlamentining yarim yillik sarhisobi ko`rib chiqildi

'"19 ta qonun loyihalari yuzasidan takliflar" – Yoshlar parlamentining yarim yillik sarhisobi ko`rib chiqildi'ning rasmi

2021 yil 23 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti tomonidan “YoShLAR PARLAMENTI FAOLIYaTI: 2021 yil 6 oylik yakunlari bo`yicha eng muhim natijalar” mavzusida matbuot anjumani  o`tkazildi.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, joriy yilning o`tgan olti oyida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida Yoshlar parlamenti  tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, o`tgan davr mobaynida Yoshlar parlamenti tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilgan 19 ta qonun loyihalari yuzasidan takliflar tayyorlandi, respublika miqyosida 68 ta o`rganish tadbirlari amalga oshirildi, Yoshlar parlamenti a`zolari qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati va targ`ibotiga bag`ishlangan 53 ta turli tadbirlar, o`quv-seminarlari va konferensiyalarda ishtirok etishdi, Jami OAVlarda yoritishlar 9 826 ta ommaviy axborot vositalari, xususan, televidenieda 341 ta, radio 148 ta, bosma nashrlarda 1 812 ta, internet (ijtimoiy tarmoqlar) 6 309 ta, rasmiy veb-sayt 1 216 ta chiqishlar qilindi. 

Qayd etilganidek, O`tgan davr mobaynida Yoshlar parlamenti a`zolari 100 ga yaqin “Hokim va yoshlar”, “Prokuror va yoshlar”, tuman, viloyat va shahar sudyalari ishtirokidagi huquqiy davra suhbatlarida faol ishtirok etishdi.

Shuningdek, 2021 yilning 10-12 iyun kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a`zolarining siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 3 kunlik o`quv seminarlari tashkil etildi.

Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, 2021 yilning 22 iyun kuni Yoshlar parlamenti a`zolari kuni Qonunchilik palatasida Parlamentlararo Ittifoqning bosh kotibi janob Martin Chungong ishtirokida “Men parlamentda yoshlarni qo`llayman” chorlovi ostida tashkil etilgan Yoshlar forumida ishtirok etishdi. Mazkur Forumda Yoshlar parlamentining a`zolari Parlamentlararo Ittifoqning bosh kotibi bilan jonli tarzda muloqotga kirishish imkoniyatiga ega bo`lishdi.

Shuningdek, Yoshlar parlamenti a`zolari O`zbekiston va Qirg`iziston yoshlari uchrashuvi hamda Dushanbe shahrida MDHga a`zo davlatlar o`rtasida tashkil etilgan “Biz kelajakni birga quramiz” xalqaro yoshlar forumida ham faol ishtirok etib, Forum ishtirokchilari Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan BMTning Yoshlar huquqlari to`g`risidagi Xalqaro konvensiyasini qo`llab quvvatlashga va joriy yilda BMT shafeligi ostida O`zbekistonda o`tadigan Butunjahon yoshlar anjumanida faol ishtirok etishga chorlov qilishgan.

Boshqa yangiliklar