AsosiyJamiyat

O`zbekistonda paxta terish apparati yaratildi

Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari paxta terish apparatini yaratdilar. 

O`zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi matbuot xizmatining xabar birishicha, mazkur apparat qishloq xo`jaligi mashinasozligi sohasida foydalanish uchun mo`ljallanagan.

Uning vazifasi paxta terish apparatining va umuman paxta terish mashinasining ish samaradorligini, mehnat unumdorligi va ishonchliligini oshirishdan iborat.

Ushbu qurilmani yaratuvchi mualliflar jamoasi - Abdukarimov Abdusalam, Baxadirov Gayrat, Rizaev Anvar, Babayans Aleksandr, Mirzalimov Shaymardan, Saydaxmetova Nodira, Saydokulov Ismoil va Abdukarimov Alishanga № IAP 05158 raqamli patent berildi.

    Boshqa yangiliklar