Joriy yilning 22 iyul kuni soat 17:30larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Mirzo Ulug`bek ko`chasida bir nechta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan N.Yu. "Lasetti" rusumli avtomobilni turli xavfli manyovrlar bilan boshqarib borib, Feruza ko`chasi bilan kesishgan chorrahaga etgan vaqtida, svetoforning qizil chirog`ida to`xtab turgan haydovchi, 1963 yilda tug`ilgan S.A. boshqaruvidagi "Spark" rusumli hamda haydovchi, 1987 yilda tug`ilgan O.Q. boshqaruvidagi "Kobalt" rusumli avtomobillarga to`qnashgan.
To`qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo`q.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






