“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori (459-son, 24.07.2021 y.) qabul qilindi
Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 avgustgacha tajriba tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo`yicha mahalliy hokimliklarning kafilliklarini berish va muddati o`tkazib yuborilgan qarzdorliklarni qoplash tartibi joriy qilinadi.
Shunga ko`ra, qaror bilan Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo`yicha mahalliy hokimliklar tomonidan kafilliklar berish tartibi to`g`risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, kafillik ro`yxatdagi qarz oluvchilarga banklar tomonidan ajratilgan (ajratiladigan) ipoteka kreditlari bo`yicha beriladi.
Kafillik berilganligi uchun hokimliklar tomonidan to`lov (mukofot puli) undirilmaydi.
Kafillik hokimliklar tomonidan “Xalqparvar” komissiyalarining ijobiy xulosasi mavjud bo`lgan taqdirdagina beriladi.
Kafillikni olish uchun qarz oluvchi ariza hamda unga ilova sifatida shaxsiy identifikasiya raqami ma`lumotlari va shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini hokimlikka taqdim etadi.
Hokimlik hujjat kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay:
- hujjatlarni “Xalqparvar” komissiyasiga;
- qarz oluvchi va uning oila a`zolarining shaxsiy identifikasiya raqami ma`lumotlarini hududiy davlat soliq boshqarmasiga yuboradi.
“Xalqparvar” komissiyasi hujjatlarni o`rganib chiqadi va Soliq boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma`lumot kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida:
➖ tanqidiy mulohazalar bo`lmaganda – qarz oluvchini ro`yxatga kiritadi va hokimlikka ipoteka krediti bo`yicha kafillik berishning maqsadga muvofiqligi to`g`risida ijobiy xulosani taqdim etadi.
Ushbu tartib 2022 yil 1 avgustga qadar amal qiladi.






