Ayni damda o`quvchilarimiz nufuzli xalqaro olimpiadalarda Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda. Yaqinda 32-Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO) natijalari e`lon qilindi.
Ushbu xalqaro biologiya olimpiadada o`zbekistonlik o`quvchilar 2 ta oltin, 1 ta kumush medallarini qo`lga kiritdi:
- Humoyun Norbekov -JDPI akademik liseyi 2-bosqich o`quvchisi- oltin medal;
- Aziza Abduvalieva -TPTI akademik liseyi 1-bosqich o`quvchisi-oltin medal;
- Yorqinbek Turdiboev -Navoiy viloyati 11-IDUM o`quvchisi-kumush medal.
Olimpiada 18-23 iyul kunlari Portugaliya davlati tomonidan tashkil etilib, unda dunyoning 76 davlatidan 304 nafar iqtidorli o`quvchi ishtirok etdi.






