Ijtimoiy tarmoqda "Farg`ona kanalida ayol kishi oqib ketmoqda" sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi.
Videoda Farg`ona kanalida ayol kishi oqib ketayotganligi aks etgan.
Mazkur hududdan o`tib ketayotgan Namangan viloyati IIB YHXB boshlig`ining o`rinbosari podpolkovnik Shavkat Sodiqov holatga e`tiborsiz bo`lmasdan, kanalda oqib ketayotgan ayolni olib chiqdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, suvdan olib chiqilgan ayol shifoxonaga etkazilgan. Hududiy FVB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.






