AsosiyJamiyat

Tarjimonlar byurosining rasmiy veb-sayti ishga tushirildi

'Tarjimonlar byurosining rasmiy veb-sayti ishga tushirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosining www.tarjimonmfa.uz  manzilidagi rasmiy veb-sayti ishga tushirildi

Mazkur sayt o`zbek, rus va ingliz tillarida faoliyat yuritmoqda. Unda Byuro, uning tuzilmasi, rahbariyati, xizmatlar, mavjud ish o`rinlar va tashkilot xodimlari haqida dolzarb ma`lumotlar joy olgan. Sayt orqali dunyoning 15 dan ziyod tillarda tarjima xizmatlari bo`yicha murojaat qilish mumkin.

Eslatib o`tamiz, Tarjimonlar byurosi 2020 yilda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tuzilmaviy bo`linmasi sifatida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi – Tashqi ishlar vazirligi tizimida va boshqa tegishli muassasalar bilan birgalikda og`zaki va yozma tarjimalar sohasida yagona tizimlashtirilgan faoliyatni olib borishdir, deyiladi vazirlik xabarida.

 

    Boshqa yangiliklar