AsosiyJamiyat

2022 yildan aholi va tadbirkorlardan 15 turdagi hujjat va ma`lumotlarni so`rash tartibi bekor qilinadi

'2022 yildan aholi va tadbirkorlardan 15 turdagi hujjat va ma`lumotlarni so`rash tartibi bekor qilinadi'ning rasmi

1 yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan moliyaviy hisobotlar nusxalari, jismoniy shaxslarning so`nggi 12 oydagi ish haqi to`g`risidagi, tadbirkorlik sub`ekti davlat ro`yxatidan o`tganligi, davlat boji, yig`imlar va aliment to`langanligi, kam ta`minlanganlik va fuqaroning «Yoshlar daftari» yoki «Ayollar daftari»ga kiritilganligi haqidagi jami 15 turdagi ma`lumotlarni so`rash tartibi bekor qilinadi. Ushbu ma`lumotlar «Elektron hukumat» platformasi orqali onlayn olinadi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar bermoqda.

Prezident 24 iyuldagi «Davlat xizmatlari ko`rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi [PF-6269-son] farmonni imzoladi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko`ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub`ektlaridan ayrim hujjat va ma`lumotlarni talab qilish tartibi bekor qilinadi.

Quyidagi hujjatlarni:

  • moliyaviy hisobotlar nusxalarini;
  • jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma`lumotnomalarni;
  • ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to`langanligi to`g`risidagi ma`lumotnomalarni so`rash bekor bo`ladi.

Quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma`lumotlarni:

  • tadbirkorlik sub`ekti davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnoma ma`lumotlarini;
  • lisenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to`g`risida tasdiqnoma mavjudligi bo`yicha ma`lumotlarni;
  • davlat boji, yig`imlar va boshqa to`lovlar to`langanligi to`g`risida ma`lumotlarni;
  • qimmatli qog`ozlar, qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshirilgan operasiyalar, dividendlar olinganligi to`g`risidagi ma`lumotlarni;
  • kam ta`minlangan oila yoki oila a`zosi sifatida ro`yxatga olinganligi to`g`risida ma`lumotlarni;
  • jismoniy shaxslar tomonidan to`langan va olingan alimentlar to`g`risida ma`lumotlarni;
  • oliy ma`lumot to`g`risidagi diplom ma`lumotlarini;
  • jismoniy shaxs o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini tugatganligi haqida ma`lumotlarni;
  • jismoniy shaxs umumiy o`rta ta`lim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida ma`lumotlarni;
  • fuqaro «Yoshlar daftari» yoki «Ayollar daftari»da mavjudligi to`g`risida ma`lumotlarni;
  • o`zini o`zi band qilgan shaxslar to`g`risida ma`lumotlarni;
  • oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun imtiyozga ega bo`lgan abiturientlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to`g`risida ma`lumotlarni talab qilish bekor qilinadi.

Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko`rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma`muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda yuqoridagi hujjat va ma`lumotlarni belgilangan mas`ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali so`rab oladi.

    Boshqa yangiliklar