AsosiyJamiyat

Namanganda soxta xodimlarga jinoiy ish qo`zg`atildi

'Namanganda soxta xodimlarga jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

14 iyul kuni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan fuqaro jinoiy ish yuzasidan IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, shu yil 28 iyun kuni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan va Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan hamda birga yashovchi ukasi, 2002 yilda tug`ilgan fuqarolar oldindan jinoiy til biriktirib, uni ishonchiga kirib, o`zlarini tegishli davlat organi hodimi sifatida tanishtirib, undan aliment qarzdorligi deb, narxi 10.000.000 so`mlik bir bosh molini firibgarlik yo`li bilan olib ketganliklarini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan. 

Ushbu holat bo`yicha Yangiqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 iyul kuni O`z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar