Davlat xizmatlari ko`rsatilishida to`lovlar bo`yicha imtiyozga ega shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash tizimi joriy etiladi.
Farmonga ko`ra, 2021 yil 1 oktyabrgacha:
- “Ijtimoiy himoya yagona reestri” hamda “TMEK” axborot tizimlari YaIDXP bilan integrasiya qilinadi;
- davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali davlat xizmatlari ko`rsatilishida to`lovlar bo`yicha imtiyozga ega bo`lgan shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash va to`lov miqdorini avtomatik tarzda belgilash tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi huzuridagi Axborot xizmatlarini rivojlantirish markazi negizida Davlat xizmatlarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.
Farmonga ko`ra, 2022 yil 1 yanvargacha “avtomobil tarixi” ma`lumotlarini (davlat ro`yxatidan o`tkazilgan sanasi, yurgan masofasi, fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganligi, yo`l transport hodisasi sodir etilganligi va boshqalar haqida) avtomototransportlarga berilgan ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgisi orqali shartnomaviy asosda davlat xizmatlari markazi va YaIDXP orqali aniqlash davlat xizmati yo`lga qo`yiladi.
2021 yil 1 dekabrgacha kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlar (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suvi, kanalizasiya, chiqindi) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq to`lovchining identifikasiya raqamiga bog`lanishi ta`minlanadi hamda bu orqali har bir shaxsga “yagona mijoz” tamoyili asosida unikal raqamdan foydalangan holda xizmatlar ko`rsatiladi.






