AsosiyJamiyat

Samarqandda Cobalt urib yuborgan 5 yoshli qizaloq «ZIL»ning g`ildiraklari ostida halok bo`ldi

'Samarqandda Cobalt urib yuborgan 5 yoshli qizaloq «ZIL»ning g`ildiraklari ostida halok bo`ldi'ning rasmi

Samarqand viloyatining Urgut tumani «Merganja» mahallasidan o`tgan yo`lda Cobalt avtomashinasi 5 yoshli qizni urib yuborgan. «Zamon» informasion dasturi xabariga ko`ra, qizaloq voqea joyida halok bo`lgan.

Hodisa aynan qachon sodir bo`lganiga aniqlik kiritilmagan. Urgut tumani YHXB boshlig`i Bahodir Xolmonovning ta`kidlashicha, YTH «qizaloq ota-onasi tomonidan qarovsiz qoldirilgani» oqibatida yuz bergan.

Ma`lum bo`lishicha, qizcha, taxminan, soat 08:00 da bozorga borish maqsadida yo`lni bir o`zi kesib o`tayotganida katta tezlikda kelgan Cobalt uni urib yuborgan. Zarb oqibatida qiz qarama-qarshi tarafdan kelayotgan «ZIL» yuk mashinasining orqa g`ildiraklari ostida qolib ketgan.

    Boshqa yangiliklar