AsosiyJamiyat

Namanganda ikki "Damas" to`qnashishi natijasida 5 yoshli qizaloq vafot etdi

'Namanganda ikki "Damas" to`qnashishi natijasida 5 yoshli qizaloq vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 23 iyul kuni soat 09:30 larda, Xazratishox-Chortoq yo`lining 12 km.da, Bodomzor MFY hududida o`lim bilan yakun topgan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Chortoq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Chortoq tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan to`qnashib ketgan.Natijada, Damas rusumli avtomashinasida bo`lgan yo`lovchilar, Chortoq tumanida yashovchi, 1953 yilda tug`ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan hamda shu avtomashinada bo`lgan, Chortoq tumanida ota-onasi qaramog`ida yashagan, 2017 yilda tug`ilgan qiz tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.Ushbu holat bo`yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 iyul kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar