Bugun, 26 iyul kuni soat 9:10 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko`chasida haydovchi, 8 nafar yo`lovchi bilan "Gazel" rusumli avtomobilni boshqarayotib dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sabab zudlik bilan to`xtagan. Avtoulovni 1993 yilda tug`ilgan M.R. boshqarib kelayotgan bo`lgan.
Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining xabar berishicha, yo`lovchilar avtomobildan tushirilgan. Qisqa tutashuvdan so`ng yong`in yuzaga kelgan. Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Transport vositasiga zarar etgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Olmazor tumani FVB va YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong`in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.






