AsosiyJamiyat

Surxondaryoda «Nexia» haydovchisining uxlab qolishi oqibatida mudhish YTH sodir bo`ldi (video)

'Surxondaryoda «Nexia» haydovchisining uxlab qolishi oqibatida mudhish YTH sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

19 iyul kuni Surxondaryoda  «Nexia» haydovchisi uxlab qolishi sababli yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Voqea joydan Zamon informasion dasturi muxbiri reportaj tayyorladi. 

Ma`lum bo`lishicha, holat 19 iyul kuni 16:00 atrofida Surxondaryodagi halqaro ahamiyatga ega M–39 avtomobil yo`lining 1337-kilometrida sodir bo`lgan. Sherobod–Boysun yo`lida harakatlanib kelayotgan «Nexia» markali sariq taksi mashina haydovchisi uxlab qolishi oqibatida oldidagi sement tashuvchi mashinaga borib urilgan. Uning ortidan kelayotgan boshqa bir «Nexia» boshqaruvni yo`qotib, taksi mashinasi bilan to`qnashgan.

Aniqlanishicha, sementovoz boshqalarga xalaqit qilmaslik uchun yo`lning o`ng qismidan yurgan. Sariq «Nexia» esa yo`lning ikkinchi qismi bo`sh bo`lishiga qaramay, yuk mashinasiga borib urilgan.

YTH oqibatida sariq taksi mashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Holat yuzasidan Ichki ishlar xodimlari hudud aholisi va haydovchilar bilan targ`ibot-tashviqot ishlari olib borib, tegishli topshiriq va ko`rsatmalarni berdi.

    Boshqa yangiliklar