AsosiyJamiyat

Avtomototransportlarni “E-auksion” orqali ijaraga berishda shartnomalarni notarial tasdiqlash talabi bekor qilinadi

'Avtomototransportlarni “E-auksion” orqali ijaraga berishda shartnomalarni notarial tasdiqlash talabi bekor qilinadi'ning rasmi

“Davlat xizmatlari ko`rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga  ko`ra, quyidagilar elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yo`li bilan amalga oshiriladi:

  • ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining 50 foizi va undan ortig`i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo`lgan yuridik shaxslarning ulushlari, ko`chmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini realizasiya qilish;
  • davlat ishtirokidagi korxonalar ko`chmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini ijaraga berish.
  • 2022 yil 1 yanvardan avtomototransportlarni “E-auksion”dagi elektron onlayn-auksion yo`li bilan ijaraga berishda shartnomalarni notarial tasdiqlash talabi bekor qilinadi.  

 

Bunda, elektron onlayn-auksion natijasiga ko`ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega bo`ladi.

 Shuningdek, Markazning tashkiliy tuzilmasida Ichki audit va komplaens-nazorat xizmati tashkil etilib, uning zimmasiga auksionlarni tashkil etish va o`tkazishda korrupsiya alomatlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish vazifasi yuklanadi.  

Qarorga muvofiq, er uchastkalarini auksionga investisiya kiritish sharti bilan chiqarish tartibi bekor qilinadi.

 Kadastr agentligi er uchastkalari bo`yicha auksion o`tkazilishi to`g`risidagi xabar e`lon qilingan paytdan boshlab barcha ishtirokchilarga mazkur er uchastkalarini oldindan ko`rish (ko`zdan kechirish) imkoniyatini ta`minlaydi.

Er uchastkasi bo`yicha tegishli ma`lumotlar, shu jumladan fotosuratlar, uning geolokasiya va koordinatalari to`liq ko`rsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda, u kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.

2021 yil 1 avgustgacha elektron savdo platformasida auksionda ishtirok etuvchilar soni, shuningdek, auksion jarayonini onlayn rejimda kuzatib borish joriy etiladi.

2021 yil 1 oktyabrgacha elektron savdo platformasining demo versiyasi ishlab chiqilib, maktab va OTM o`rtasida ommalashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar