Ijtimoiy tarmoq orqali “Tibbiyot xodimlari: Ishdan tashqari navbatchilik uchun haq to`lab berilishini so`raymiz” sarlavhasi ostida chiqarilgan maqola bo`yicha Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o`rganish o`tkazildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.
O`rganish davomida, Andijon viloyati perinatal markazi tibbiyot xodimlari ish vaqtidan tashqari vaqtda ishga jalb qilinganligi hamda ushbu davr uchun qo`shimcha to`lovlar to`lab berilmaganligi ma`lum bo`ldi.
️Aniqlangan qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`yganligi sababli, perinatal markazi rahbariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barobari miqdorida ma`muriy jarima qo`llanildi.






