Prezidentimizning “Aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori e`lon qilindi.
Mazkur qarorda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish, shoshilinch tibbiy yordamni o`z vaqtida ko`rsatish hisobiga fuqarolar hayotini saqlab qolish va ularning faol mehnat qobiliyatini tiklashga imkoniyat yaratish bo`yicha bir qator muhim vazifalar belgilandi.
Shu bilan birga, yangi qarorda bolalar, tug`ish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul ta`minlash hamda nefrologiya va gemodializ yordamini ko`rsatish tizimini yanada yaxshilash kabi bir qator masalalarga ham alohida e`tibor qaratilgan.