Bugun 26 iyul kuni soat 20:53 da Toshkent shahar Olmazor tumani Farobiy ko`chasida joylashgan podstansiyada yong`in sodir bo`ldi.
FVV Azborot xizmati xabariga ko`ra, yong`in-qutqaruv texnikalari soat 20:57 etib borgan. Yong`inni o`chirishga 4 ta yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilib yong`inni o`chirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda yong`in qurshab olingan va atrofga tarqalish xavfi mavjud emas.
Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q






