AsosiyJamiyat

Tumanlarda qo`shma shikastlanishlar va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etiladi

'Tumanlarda qo`shma shikastlanishlar va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etiladi'ning rasmi

“Aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezidentning qarori PQ–5198-sonli qarori qabul qilidi.

Unga ko`ra, 2021–2022 yillar davomida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida 35 ta Tumanlararo qo`shma shikastlanishlar va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.  

 Jumladan, quyidagilar Markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:  

  • Qo`shma shikastlanishlar hamda o`tkir qon-tomir kasalliklari bilan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatishni tashkil etish;
  • o`tkir va surunkali buyrak etishmovchiligi mavjud bemorlarga gemodializ xizmatini ko`rsatish.

    

 Markazlarga:

  •   hududlardagi aholi sonidan kelib chiqqan holda, shoshilinch tibbiy yordam va umumiy jarrohlik bo`limlarining umumiy o`rinlari soni doirasida 50 tadan 60 tagacha o`rinlar ajratiladi;
  •  hududiy sog`liqni saqlash muassasalari shtat birliklari doirasida qo`shimcha neyroxirurg, nevrolog, kardiolog, anesteziolog-reanimatolog va boshqa shtatlar kiritiladi.

 

 Qarorga ko`ra, 2021–2023 yillarda bolalar, tug`ish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul ta`minlash chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

 Mazkur dasturni amalga oshirish uchun jami xarajatlar miqdori 264,5 mlrd. so`mni tashkil etadi.  

 Shuningdek, 2021/2022 o`quv yilidan OTMda nefrologiya va gemodializ kafedralari faoliyati yo`lga qo`yiladi.  

 

Boshqa yangiliklar