Bu haqda "Uzbekistan Airports " AJ matbuot xizmati tezkor ma`lumot taqdim etdi.
Ma`ulm qilinishicha, “Azur Air” aviakompaniyasining ZF-5044-sonli Boing-739 samolyotida Qarshi-Sankt-Peterburg yo`nalishidagi bugun, 27 iyul kuni soat 5.00 da bajarilishi kerak bo`lgan charter qatnovning qoldirilgani “Qarshi” aeroportidan uchib ketishi kerak bulgan yo`lovchilar e`tiroziga sabab bo`lgan.
"Havo kemasi ekipaji komandiri samolyot yuki og`irligi bois, ushbu qatnov bajarilmasligi haqidagi qarorni qabul qildi. Yo`lovchilarga “Qarshi” aeroportining mas`ul xodimlari hamda “Azur Air” aviakompaniyasi samolyoti ekipaji tomonidan ushbu qarorga sabab bo`lgan holatlar haqida ma`lumot berildi.
Hozirda aeroport xodimlari tomonidan ushbu 214 yo`lovchiga kerakli yordam, jumladan nonushta tarqatilib, ular mehmonxonalarga joylashtirilmoqda va issiq ovqat bilan ta`minlash kabi masalalar tezkorlik bilan hal qilinmoqda", - deyiladi xabarda.






