AsosiyJamiyat

Navoiyda salkam bir tonna sifatsiz go`shtni olib ketayotgan fuqaroga chora ko`rildi

'Navoiyda salkam bir tonna sifatsiz go`shtni olib ketayotgan fuqaroga chora ko`rildi'ning rasmi

Mamlakatimizda aholini sifati kafolatlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida Davlat veterinariya xizmati hamda IIB Karantin bo`limi xodimlari hamkorligida reyd tadbirlari o`tkazilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 25 iyuldan 26 iyulga o`tar kechasi soat taxminan tungi 00:20 larda Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Samarqand” YPX maskanida “Buxoro – Toshkent” yo`nalishi bo`ylab harakatlanib kelayotgan “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi to`xtatib tekshirildi.

Tekshiruvlar davomida avtomobil yukxonasida kelib chiqishi noma`lum bo`lgan 180 kg yirik shoxli mol go`shti hamda 720 kg mayda shoxli mol go`shti Toshkent shahriga olib ketilayotganligi ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar