AsosiyJamiyat

Ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar uchun muhim yangilik e`lon qilindi

'Ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar uchun muhim yangilik e`lon qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 24 iyul kuni “Davlat xizmatlari ko`rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon mazmun-mohiyati yuzasidan Davlat xizmatlari agentligi mutasaddilari bilan o`tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda aytib o`tildi.

Xususan, Farmon bilan 2021 yil 1 noyabrdan: “Ijtimoiy himoya yagona reestri”axborot tizimida ro`yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslargadavlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko`rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig`imlar va boshqa har qanday to`lovlar bo`yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo`llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno);

Davlat xizmatlari markazlari, “Lisenziya” axborot tizimi hamda YaIDXP orqali ko`rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to`langan davlat bojlari, yig`imlar va boshqa har qanday to`lovlarning 50 foizi ularga 1 ish kunida qaytariladi hamda davlat xizmatini ko`rsatish to`liq yakunlanadi.

Bunda ariza beruvchiga to`lovlar Davlat xizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamg`armasi mablag`lari hisobidan qaytarilib, keyinchalik davlat xizmatini ko`rsatish muddatini kechiktirgan davlat organi va tashkilotining byudjetdan tashqari va boshqa mablag`lari hisobidan akseptsiz undirib olinadi.

Boshqa yangiliklar