Ijtimoiy tarmoqda "Perevalda hozirgina YTH sodir bo`ldi" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lumot berdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 27 iyul kuni soat 14:20 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o`tgan A-373 avtomobil yo`lining 215-kilometrida "Kaptiva" rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo`qotgan va yo`ldan chiqib ketib transport vositasi ag`darilgan.
Natijada, mazkur avtomobil haydovchisi va 4 nafar yo`lovchisi birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.
️YTH yuzasidan hududiy IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.