AsosiyJamiyat

Siyosiy partiyalar o`z vakolatli vakillarini ro`yxatga olishni so`rab murojaat qilish jarayonlari yakunlandi

'Siyosiy partiyalar o`z vakolatli vakillarini ro`yxatga olishni so`rab murojaat qilish jarayonlari yakunlandi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, saylov qonunchiligi talablariga muvofiq siyosiy partiyalarning o`z vakolatli vakillarini tayinlaganligi hamda ularni o`rnatilgan tartibda ro`yxatga olish va belgilangan namunadagi mandatni berish haqidagi murojaatlari Markaziy saylov komissiyasiga kelib tusha boshlagan edi.

Bugun 27 iyul kuni ushbu jarayon o`z yakuniga etdi. O`zbekiston ekologik partiyasi, O`zbekiston “Adolat” sosial demokratik partiyasi hamda Xalq demokratik partiyasi vakolatli vakillarini ro`yxatga olish to`g`risidagi murojaatlari qabul qilindi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan tavsiya etilgan vakolatli vakil nomzodiga tegishli hujjatlarni ko`rib chiqib, uch kunlik muddatda uni ro`yxatga oladi va unga belgilangan shaklda mandat beradi.

Eslatib o`tamiz, 26 iyul kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan murojaatlar kelib tushgan edi.

    Boshqa yangiliklar