AsosiyJamiyat

Marg`ilonlik firibgar “Malibu 2” olib berish uchun olgan 21.000 AQSh dollarini ehtiyojlari uchun sarflab yubordi

'Marg`ilonlik firibgar “Malibu 2” olib berish uchun olgan 21.000 AQSh dollarini ehtiyojlari uchun sarflab yubordi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar IIB Navbatchilik qismiga 21 aprel kuni firibgarlik yuzasidan xabar berilgan. Bu haqda IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi ma`lum qildi.

Unga ko`ra, 2020 yilning oktyabr oyida o`zini “Islombek” deb tanishtirib, firibgarlik yo`li bilan fuqaro Marg`ilon shahar, Temur malik ko`chasida yashovchi, 1987 y.t. S.Doniyorni ishonchiga kirib, unga arzon narxda, agar avtomashina olish uchun moddiy mablag`i etmasa ham, kelishuv (“Variant”) asosida “Malibu 2” rusumli avtomashina olib berishini aytib, undan 21.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan va pullarini ehtiyoji uchun sarflab yuborgan. 

Sodir etilib fosh etilmay qolgan jinoyatni issiq izidan fosh etish, jazo muqarrarligini ta`minlash maqsadida Marg`ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan noma`lum shaxsga nisbatan 21 aprel kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Marg`ilon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan noma`lum shaxsni aniqlash maqsadida olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida mazkur jinoyatni Marg`ilon shahar, “Orolbo`yi” MFYda yashovchi, 1991 y.t., muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan K.Islombek  sodir etganligi aniqlandi.

Fuqaro K.Islombek og`ir turdagi jinoyatni sodir etib, firibgarlik yo`li bilan o`zganing mol-mulkini qo`lga kiritib Marg`ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`linmasiga kelishdan bo`yin tovlab yashirinib yurgan. Marg`ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan shu kuni fuqaro K.Islombek gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “Qamoq” ehtiyot chorasi qo`llanildi.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar