Qatar Airways “Yilning eng yaxshi aviakompaniyasi” deb topildi. Reytingda parvozlar xavfsizligi, bortdagi xizmat, yo`lovchilar uchun qulaylik va havo qatnovi yo`nalishlari hisobga olingan.
Xabarlarga ko`ra, 2021 yilda mutaxassislar aviakompaniyalar COVID-19 pandemiyasi davrida qanday faoliyat ko`rsatganini o`rganib chiqqan.
AirlineRatings.com sayti ma`lum qilishicha, Qatar aviakompaniyasi sakkiz pog`onaga yuqorilagan. Umuman, reytingga jami 20 ta aviakompaniya kiritilgan bo`lib, ularning aksariyati 2020 yilda egallagan o`rinlarini saqlab qolgan.
Qatar Airways aviakompaniyasining bosh qarorgohi Dubayda joylashgan.






