Bugun, 27 iyul kuni "Qazaqstan temіr jol MK" AJ boshqaruvi raisi N. Sauranbaev hamda O`zbekiston Respublikasi transport vaziri I. Mahkamov va "O`zbekiston temir yo`llari" AJ boshqaruvi raisi v.b. X. Xasilov o`rtasida temir yo`l transporti sohasidagi hamkorlik va qo`shma loyihalarni amalga oshirish masalalari bo`yicha muzokaralar bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Muzokarada ikki mamlakat hukumatlarining temir yo`l transportini rivojlantirish bo`yicha qo`shma tashabbuslarni amalga oshirish zarurligi ta`kidlanib, tashish hajmini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.