2021 yil 25 iyul kuni soat 06:30 larda, Kosonsoy-Iskovat yo`lining 4-km.da, Kosonsoy tumani "Jar" MFY hududida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro "Damas" rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1973 y.t. fuqaroni boshqaruvidagi "VAZ-2106" rusumli avtomashinasi bilan to`qnashib ketishi oqibatida boshqaruvni yo`qotib, yo`lni qarama-qarshi tomoniga o`tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1969 y.t. fuqaroni boshqaruvidagi "VAZ-2106" rusumli avtomashinasi bilan to`qnashgan.
Natijada, "VAZ-2106" rusumli avtomashina haydovchisi o`ng tomon qovurg`a suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan hamda shu avtomashinada bo`lgan yo`lovchi, Kosonsoy tumanida yashagan, 1971 y.t. fuqaro olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan 2021 yil 25 iyul kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






