AsosiyJamiyat

Olmaliq shahridagi MISiS filialida kirish imtihonlari boshlandi

'Olmaliq shahridagi MISiS filialida kirish imtihonlari boshlandi'ning rasmi

Joriy yilning 26 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 maydagi PQ-3714-sonli “Federal davlat avtonom oliy ta`lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to`g`risida” gi qaroriga asosan tashkil etilgan Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS» ning Olmaliq filialiga kirish imtihonlari boshlandi.

«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga qarashli «AKMK» sport majmuasining stadionida o`tkazilayotgan imtihonlar 26-30 avgust kunlari bo`lib o`tadi. Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialiga 1276 nafar abiturient hujjat topshirgan.

Qayd etilishicha, imtihonlar «Matematika», «Fizika» va «Rus tili» fanlaridan yozma ravishda o`tkazilmoqda. Jarayon shaffof va ob`ektiv o`tishini ta`minlash maqsadida filialning professor-o`qituvchilari, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning vakillaridan xamda OAV vakillaridan iborat kuzatuvchilar tomonidan nazorat qilinmoqda.

Imtihondan avval «AKMK» stadionining kirish joylariga videokuzatuv uskunalari, yoritish moslamalari o`rnatilgan.

Eslatib o`tamiz, joriy yilda O`zbekistonda test sinovlari stadionlar va xiyobonlarda o`tkazilishi tasdiqlangan.

Shuni takidlash joizki, Filialga 2021-2022 o`quv yiliga kunduzgi ta`lim shakliga 200 nafar va sirtqi ta`lim shakliga 150 nafar talaba qabul qilinishi O`zbekiston Respublikasi Davlat ta`lim kvotalarini belgilash komissiyasi tomonidan belgilangan va kunduzgi ta`lim shaklidagi talabalarning 40 foizi davlat granti asosida ta`lim olishadi.

Hozirgi kunda filialda 500 nafar talaba “Konchilik ishi”, “Metallurgiya” va “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo`yicha)” yo`nalishlarida tahsil olmoqda.

    Boshqa yangiliklar